Maxfiylik siyosati
Ushbu siyosat Stackly platformasi shaxsga doir ma'lumotlarni qanday yig'ishi, ishlatishi va himoya qilishini tushuntiradi.
Oxirgi yangilanish:
Hujjat shablon holatida
Rekvizitlar hali to'ldirilmagan va matn yurist tekshiruvidan o'tmagan. Ishga tushirishdan oldin ikkalasini ham bajaring.
- Yuridik nom
- TO'LDIRING: «...» MChJ
- STIR
- TO'LDIRING: 000000000
- Manzil
- TO'LDIRING: Toshkent sh., ...
- Pochta
- TO'LDIRING: info@stackly.uz
1. Qanday ma'lumot yig'iladi
So'rov yuborganingizda: ism, telefon raqami, elektron pochta (ko'rsatsangiz), kompaniya nomi, xodimlar soni, byudjet va ehtiyojingiz tavsifi.
Ro'yxatdan o'tganingizda: elektron pochta manzili.
Vendor sifatida: kompaniya nomi, STIR, yuridik nom, aloqa ma'lumotlari, hujjat havolalari.
Avtomatik: IP manzil, brauzer turi, sahifalarga tashrif tarixi.
2. Ma'lumot nima uchun ishlatiladi
Asosiy maqsad — so'rovingizni siz tanlagan vendorlarga yetkazish. Busiz platformaning ma'nosi yo'q.
Sizga mos yechimlarni tavsiya qilish va taqqoslash.
Xizmat sifatini o'lchash: vendorning javob vaqti, so'rov sifati.
Qonun talab qilgan hollarda — vakolatli organlarga.
3. Ma'lumot kimga beriladi
SO'ROV YUBORGANINGIZDA ma'lumotingiz SIZ TANLAGAN vendorlarga uzatiladi: ism, telefon, pochta, kompaniya nomi va ehtiyojingiz tavsifi. Bu so'rovning maqsadi va u yuborishdan oldin ko'rsatiladi.
Ma'lumotingiz uchinchi shaxslarga SOTILMAYDI va reklama maqsadida uzatilmaydi.
Texnik xizmat ko'rsatuvchilar (hosting, pochta yuborish) ma'lumotni faqat xizmat doirasida qayta ishlaydi.
4. Ma'lumot qayerda saqlanadi
Ma'lumotlar bulutli ma'lumotlar bazasida saqlanadi.
DIQQAT — YURIST BILAN ANIQLASH KERAK: O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi fuqarolarning shaxsga doir ma'lumotlari mamlakat hududidagi serverlarda saqlanishini talab qiladi. Agar baza O'zbekistondan tashqarida bo'lsa, buni qonunchilikka moslashtirish shart.
5. Qancha vaqt saqlanadi
So'rov va u bilan bog'liq yozishmalar — bahs va hisob-kitob uchun zarur bo'lgan muddat davomida.
Akkaunt ma'lumotlari — akkaunt o'chirilgunga qadar.
Siz so'rov yuborib ma'lumotingizni o'chirishni talab qilishingiz mumkin.
6. Sizning huquqlaringiz
O'zingiz haqingizdagi ma'lumotni bilish va nusxasini olish.
Noto'g'ri ma'lumotni to'g'rilashni talab qilish.
Ma'lumotni o'chirishni talab qilish — qonun saqlashni talab qilgan hollardan tashqari.
Roziligingizni qaytarib olish.
Murojaat uchun pochta maxfiylik bo'limida ko'rsatilgan.
7. Cookie fayllari
Sayt ishlashi uchun zarur cookie fayllaridan foydalanadi: sessiya, tanlangan til.
Analitika cookie'lari xizmatni yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin.
8. Xavfsizlik
Ma'lumot uzatish shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali amalga oshiriladi.
Platformaga kirish parolsiz, bir martalik havola orqali — bu parol o'g'irlash xavfini kamaytiradi.
Vendor faqat O'ZIGA yuborilgan so'rovni ko'radi.
